Xitoyning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Gao Yuy Shen prezident sayloviga kuzatuvchi sifatida kelgan bo‘lib, o‘zining to‘rtinchi saylov uchastkasiga tashrifida “Daryo” muxbiriga intervyu berdi.
“Hozirga qadar to‘rtta saylov uchastkasida bo‘ldim. Taassurotlarim ijobiy. Saylovchilar ko‘rsatayotgan faollik tahsinga loyiq. Ular ovoz berish uchun bajonidil tashrif buyurayotgani yuz-ko‘zidan sezilib turibdi”, — dedi xitoylik mehmon.
“Saylovda uchta jihatga e’tibor berdim. Birinchidan u mamlakat qonunchiligidan chetga chiqilmagan holda tashkil etilgan. Ikkinchisi esa tashkilotchilikdagi professionallik. Buni o‘zim borgan saylov uchastkalarida yaqqol sezdim. Va eng asosiysi, uning xalqaro talablarga mos holda o‘tayotganidir”, — deydi Gao Yuy Shen.
Izoh (0)