O‘zbekiston Prezidenti saylovida soat 14:00 gacha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovchining 61,37 foizi yoki 12 million 536 ming 613 nafar saylovchi ovoz berishda ishtirok etdi.
Bu haqda Saylovni yoritish bo‘yicha matbuot markazidan “Daryo” muxbiri Madina Nurman ma’lum qildi.
Prezident saylovi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq, saylovda ro‘yxatga kiritilgan saylovchilarning kamida 33 foizi ishtirok etsa, saylov bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi. Toshkent vaqti bilan 11:00 holatiga ko‘ra, 33,73 foiz saylovchi ovoz berishda qatnashib bo‘lgan edi.
Saylov Toshkent vaqti bilan 6:00 da boshlangan va 20:00 gacha davom etadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)