Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 16-turida “Mets” klubi “Lion”ni qabul qildi.
Bellashuvda mezbonlar 1:0 hisobida oldinda borayotgan 30-daqiqada bosh hakam futbolchilarni maydondan olib chiqib ketdi. Gap shundaki, muxlislar “Lion” darvozaboni Antoni Lopeshga qarata petarda uloqtirgan.
15-turdan keyin “Mets” turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, hisobida 25 ochkosi bor bo‘lgan “Lion” beshinchi bo‘lib turgandi.
Fransiya Futbol Federatsiyasi petarda voqeasidan keyin o‘z qarorini e’lon qilganicha yo‘q. Aytilishicha, uchrashuv qaytadan o‘tkazilishi haqiqatga yaqin.
Izoh (0)