Turkiya Rossiyaga savdo hisob-kitoblarida milliy valyutalarga o‘tishni taklif qildi. Bu haqda 3-dekabr, shanba kuni respublika prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on Istanbuldagi savdo markazining ochilishida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Rossiya prezidenti Putinga savdo-sotiqni milliy valyutada yuritishni taklif qildim. Biz sizlardan olayotgan barcha narsa uchun rublda to‘laymiz. Siz esa bizga lirada”, — dedi u.
Erdo‘g‘on xuddi shunday taklif Xitoy rahbariyatiga ham bildirilganligi va u oqilona taklif sifatida qabul qilinganligini qo‘shimcha qildi.
“Markaziy bankka buyruq berdim. Buni amalga oshirishga erishamiz deb umid qilaman”, — dedi u.
Turkiya prezidenti, shuningdek, fuqarolar va mahalliy kompaniyalarni valyutalarni turk liralariga almashtirish va hisob-kitoblarni milliy valyutalarda olib borishga chaqirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)