4-dekabrning ertalabki soatlarida Avstriyada prezident saylovida ishtirok etuvchilar uchun ovoz berish uchastkalari ochildi. Saylovchilar ikki nomzoddan biriga ovoz berishi lozim, deb xabar beradi “TASS”.
Prezidentlik uchun mustaqil nomzod, Yashillar partiyasining sobiq yetakchisi Aleksandr van der Bellen va o‘ng Avstriya ozodlik partiyasi nomzodi Norbert Xofer kurash olib bormoqda.
Respublika bo‘ylab jami 10 mingga yaqin, shu jumladan, mamlakat poytaxti Venada 1504 saylov uchastkasi ochildi.
Izoh (0)