3-dekabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari Prezident saylovida MDH xalqaro kuzatuvchilar missiyasiga rahbarlik qilayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi — Ijrochi direktori Sergey Lebedev bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida MDH kuzatuvchilar missiyasi faoliyatining amaliy masalalari muhokama qilindi. Xususan, S. Lebedev 29-noyabr kuni missiya tomonindan taqdim etilgan saylovga tayyorgarlikni kuzatish jarayoni to‘g‘risidagi oraliq hisobotning asosiy mazmuni haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, uchrashuvda MDH doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, jumladan, 2017-yil aprel oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan TIVKning navbatdagi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)