Xitoyning Xubey provinsiyasida avtobus ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 2-dekabr, juma kuni “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Avariya 2-dekabr, juma kuni mahalliy vaqt bo‘yicha 5:00 da Echjou shahri hududida sodir bo‘ldi. Avtobus suv havzasiga qulab ketdi. Tirik qolgan ikki kishi, jumladan avtobus haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, ularning hayoti xavf ostida emas. Avtobus haydovchisi politsiya tomonidan so‘roq qilinmoqda.
Hodisa yuzasidan surishtiruv boshlangan. Avariya yuz bergan paytda shahar hududida tuman tufayli ko‘rish imkoniyati past bo‘lgan.
Xitoyda shaharlar o‘rtasidagi avtobus qatnovi hammabop va arzonligi uchun ommalashgan hisoblanadi. Bu transport kompaniyalari o‘rtasidagi jiddiy raqobatni keltirib chiqaradi va ko‘pincha avariyalarga sabab bo‘ladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)