Tailandning yangi qiroli Maxa Vachiralongkorn Bodintxaratxeppxayavarangkun (Rama X) taxtga o‘tirganidan so‘ng birinchi marta omma oldiga chiqdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Rama X singlisi — malika Siridon hamda qirollik oilasining boshqa a’zolari bilan birgalikda marhum qirol Pxumipon Adulyadetning (Rama IX) Katta qirollik saroyidagi sag‘anasi oldida uyushtirilgan diniy marosimda qatnashdi. Duolar o‘qish hamda budda rohiblariga ramziy ehsonlar qilishdan iborat marosim qirolning vafotiga 50 kun to‘lishi munosabati bilan o‘tkazildi. U Tailand telekanallarida translyatsiya qilib borildi.
Izoh (0)