Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2016-yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga da’vogarlik qiladigan 3 o‘yinchining ismini e’lon qildi. Bu haqda FIFA matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Yilning eng yaxshi futbolchisi nomiga “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu, “Barselona” yetakchisi Lionel Messi va “Atletiko” forvardi Antuan Grizmann da’vogarlik qiladi.
31 yoshli Ronaldu “Real” bilan o‘tgan mavsumda YChL g‘olibi va Portugaliya bilan Yevro–2016 chempioni bo‘ldi. 29 yoshli Messi Ispaniya chempioni va Kubogi sohibiga aylandi. Argentina termasi bilan esa Amerika Kubogi–2016 finaliga qadar yetib bordi. 25 yoshli Grizmann “Atletiko” safida YChL finaliga, Fransiya terma jamoasi tarkibida esa Yevro–2016 finaliga qadar yetib bordi.FIFA 2016-yilning eng yaxshi futbolchisi nomini 2017-yilning 9-yanvar kuni Syurix (Shveysariya)da bo‘lib o‘tadigan marosimda e’lon qiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)