2016-yil 1-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi va Koreya Respublikasi Milliy saylov komissiyasi bosh kotibi Kim Yon Xi boshchiligidagi Koreya Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida delegatsiya vakillari O‘zbekistonda elektron hukumat tizimi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish holati va istiqbollari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar ma’lumotlari bazasini shakllantirish jarayoni bilan tanishtirildi.
Xususan, mehmonlarga O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini joriy etish va boshqalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Respublikasida AKTni yanada rivojlantirish bo‘yicha ishlar samarali amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)