Sentabrdagi avariyadan so‘ng Amerikaning SpaceX kompaniyasiga qarashli Falcon 9 eltuvchi raketasini uchirish 16-dekabrga rejalashtirildi. Bu haqda 1-dekabr, payshanba kuni Iridium Communications telekommunikatsiya kompaniyasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Iridium Communications mazkur raketa parvozi tufayli o‘nta yangi avlod aloqa sun’iy yo‘ldoshini kosmosga chiqarishga umid qilmoqda.
Raketani Amerika Harbiy-havo kuchlarining Kaliforniyadagi Vandenberg bazasidan, AQSh G‘arbiy sohili vaqti bo‘yicha 12:36 da uchirish belgilangan.
Raketa sun’iy yo‘ldoshlarni Yer yaqinidagi quyi orbitaga yetkazishi lozim. Biroq uning uchirilishi SpaceX’ning Falcon 9 eltuvchi raketalarini uchirishni qayta yo‘lga qo‘yish haqidagi qarori AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi tomonidan ma’qullanishiga bog‘liq.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)