AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining ikki desant kemasi O‘rtayer dengizi hududiga kirdi. Bu haqda Pentagon sayti ma’lum qildi.
Wasp (LHD 1) desant kemasi va Whidbey Island (LSD 41) desant dok-kemasi Suvaysh kanali orqali o‘tib, 1-dekabr, payshanba kuni Oltinchi flot javobgar bo‘lgan hududga kirdi.
Kemalarda 4 ming harbiy xizmatchi — yuqori shaylik guruhini tashkil etuvchi dengizchi va dengiz piyoda askarlari bor.
Wasp kemasi komandiri Bayron Ogdenning so‘zlariga qaraganda, ularning zimmasiga O‘rtayer dengizida xavfsizlikni ta’minlash yuklatilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)