2-dekabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari O‘zbekiston Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurgan AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti Boris Kandovni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston–AQSh munosabatlari doirasida O‘zbekiston hamda AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi o‘rtasida madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)