Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kolumbiya osmonidagi falokat natijasida “Shapekoense” futbol klubining 25 nafar futbolchisi olamdan ko‘z yumgandi. Mazkur voqeaga 3 kun to‘lgach klubning 42 yoshli posboni Nivaldo Martins qaytib maydonga tushmasligini bildirdi.

Foto: Korrespondent.net

Foto: Korrespondent.net

“Sports.ru”ning qayd etishicha, darvozabon Kopa Sudamerikananing final o‘yiniga tasodif tufayli bormagan va tirik qolgan.

“Aslida men ham safarga chiqishim kerak edi. Hamma narsaning o‘z sababi bo‘ladi. Men yakshanba kuni “Palmeyras” bilan o‘yin uchun bordim. Jamoadagi o‘zimning 300-o‘yinimni esa “Shapekoense” maydonida o‘tkazishni istadim va safardan qoldim”, — dedi Nivaldo Martins.

“Palmeyras” bilan o‘yindan keyin “Shapekoense” bosh murabbiyi jamoa sharafini himoya qiladigan shaharga qaytib o‘tirmay, o‘sha yerning o‘zidanoq Medelinga uchishga qaror qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Sharq malikalari: dunyodagi eng chiroyli arab kelinlari (foto)
Mahalliy
Toshkentda Salor kanalining o‘zani toshgani sabab mahallalardan birini suv bosdi (foto)
Dunyo
Stoltenberg: “Shvetsiya NATOga kirish uchun Turkiyaning talablarini bajardi”