O‘zbekistonlik Oksana Chusovitina 25–26-noyabr kunlari sport gimnastikasi bo‘yicha Meksikada bo‘lib o‘tgan Abierto Mexicano de Gimnasia xalqaro turnirda ishtirok etib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining “Telegram”dagi kanali orqali ma’lum qilindi.
Musobaqada Braziliya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Kolumbiya, Meksika, Ruminiya, O‘zbekiston, Ukraina va Yaponiya mamlakat vakillari ishtirok etdi.
Yetti karra Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Oksana Chusovitina tayanib sakrash bahslarida 14,250 ball bilan eng yaxshi natijani qayd etdi.
To‘rt mashqdan iborat ko‘pkurash natijasiga ko‘ra 41 yoshli Chusovitina 52,225 ball bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Ukrainalik Angelina Kisla (54,400) oltin, braziliyalik Karolin Pedro (53,975) kumush medali bilan taqdirlandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)