O‘zbekiston va Tojikiston havo aloqasi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bayonnomani imzoladi. Hujjat O‘zbekiston va Tojikiston soha mutasaddilari o‘rtasida 30-noyabr kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra imzolandi, deb xabar beradi UzDaily.
Tojikiston transport vazirligi axborotiga ko‘ra, ikki davlat rasmiylari o‘zaro samolyotlar qatnovini qayta tiklash borasida muzokaralar olib bormoqda. Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi parvozlar 2017-yildan boshlanishi kutilmoqda.
Izoh (0)