Janubiy Koreya muxolifati respublika prezidenti Pak Kin Xening dugonasi Chxve Sun Silning mojaroli ishi bo‘yicha surishtiruv olib borish uchun ikki nomzodni ilgari surdi. Bu haqda 30-noyabr, chorshanba kuni “Tona ilbo” gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Har ikkala nomzod o‘tmishda prokurorlik lavozimlarini egallagan va katta tajribaga ega”, — deb ta’kidlaydi nashr.
Nomzodlardan biri Cho Sin Sik huquqiy amaliyot bilan shug‘ullanadi. O‘tmishda u Bosh prokuratura qoshidagi tergov bo‘limiga rahbarlik qilgan va Inchxon shahri tergov organlarini nazorat qilgan. U 1988-yilda “Soban” jinoiy uyushmasining ishini fosh etgandan keyin mashhurlikka erishgan.
Ikkinchi nomzod Pak Yon Su, hozirda muvaffaqiyatli advokat, bungacha Seul prokuraturasining rahbari va Bosh prokuratura rahbari o‘rinbosari lavozimlarini egallagan. U Hyundai Group’dagi korrupsiya ishi va SK Group’da buxgalteriya hujjatlarining soxtalashtirilishi bo‘yicha ishlarni fosh qilgan.
Pak Kin Xe 2-dekabrga qadar o‘zining ham manfaatlariga daxl qiluvchi ish bo‘yicha surishtiruvni nomzodlardan qay biri olib borishini hal qilishi lozim. Maxsus prokuror ish bo‘yicha barcha hal qiluvchi holatlarni 90 kun ichida aniqlashi lozim.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)