OPEKning Venadagi sammiti ishtirokchilari Indoneziyaning tashkilotdagi a’zoligini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yishga qaror qildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Indoneziyaga tegishli sutkasiga 740 ming barelldan iborat kvota tashkilotga a’zo boshqa davlatlar o‘rtasida taqsimlanadi.
Qarorning sabablari hozircha aniqlashtirilmayapti. Bir muddat ilgari yig‘ilishda neft qazib olish hajmlarini rejadagidan ko‘proq qisqartirish taklifi berilgan edi.
Izoh (0)