Buxoro shahridagi 1-oilaviy poliklinikaning yangi binosi foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
“Kuniga 250 qatnovga mo‘ljallangan poliklinikada bemorlar va shifokorlar uchun barcha qulaylik yaratilgan, — dedi poliklinika bosh shifokori V. Aminov. — Zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan jarrohlik, laboratoriya, muolaja, emlash xonalari, o‘n o‘rinli kunduzgi davolash bo‘limi xizmatidan aholi mamnun”.
Investitsiya dasturi asosida qariyb 2 milliard so‘m mablag‘ sarflangan ijtimoiy obyekt “47-ko‘chma mexanizatsiyalashgan jamlanma” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan bunyod etildi.
Izoh (0)