Yaponiyaning Niigata prefekturasi rasmiylari (Yapon dengizi sohilida joylashgan) H5N8 parranda grippi virusi aniqlangandan so‘ng mahalliy parrandachilik fermasida 310 ming tovuqni yo‘q qilishga qaror qildi. Bu haqda 29-noyabr, seshanba kuni prefektura rasmiylari ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Mahalliy rasmiylar vakillari 28-noyabr, dushanba kuni Sekikava shaharchasidagi fermada 40 ga yaqin qushning o‘lganligi, ulardan besh nafarida parranda grippi mavjudligini aniqlagan. Virus shimoliy Aomori prefekturasida ham aniqlangan. U yerdagi fermalardan biridan o‘lik o‘rdaklar topilgan. U yerda profilaktika maqsadida 16,5 ming parranda yo‘q qilinadi. Aniqlangan virus o‘choqlaridan o‘n kilometr radius masofada millionga yaqin parrandaga ega 60 dan ortiq fermer xo‘jaligi joylashgan.
Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe virus aniqlanganligi munosabati bilan uning yana tarqalib ketishining oldini olish maqsadida qisqa vaqt ichida karantin joriy qilish bo‘yicha choralar ko‘rishni buyurdi.
Yaponiya hukumati yuz minglab tovuqni yo‘q qilishga yordam berishi uchun Mudofaa kuchlari bo‘linmalarini yubordi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)