Shu kunlarda Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo paralimpiya qo‘mitasining navbatdagi Bosh Assambleya yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi vakillari ham ishtirok etmoqda. Bu haqda assotsiatsiya matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Yig‘ilishda 2018-yilda Indoneyziyada bo‘lib o‘tadigan Para-Osiyo o‘yinlari, 2020-yilda Tokioda bo‘lib Paralimpiya o‘yinlari, paralimpiya qo‘mitasining yillik hisoboti xamda Osiyo mintaqasida paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Bosh Assambleya yig‘ilishi 30-noyabrga qadar davom etadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)