Italiyaga Shimoliy Afrika davlatlaridan yetib kelgan noqonuniy muhojirlar soni rekord daraja — 171 ming kishiga yetdi. Bu haqda 29-noyabr, seshanba kuni The Guardian nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.
Shu tariqa 2014-yildagi rekord yangilandi. O‘shanda mamlakatga 170 ming kishi yetib kelgan edi.
O‘z navbatida, BMTning ma’lum qilishicha, 2016-yilda O‘rtayer dengizini kesib o‘tishga urinish davomida 4,5 mingdan ortiq muhojir halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan. Bu ko‘rsatkich ham eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi.
Italiyaga noqonuniy muhojirlar oqimi Gretsiya va Bolqon orqali yo‘nalishlarning yopilishidan so‘ng oshdi.
2015-yilda milliondan ortiq muhojir Yevropaga asosan Turkiya orqali yetib kelgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)