Kolumbiyada halokatga uchragan samolyot bortida Braziliya A seriyasining “Shapekoense” klubi a’zolari bo‘lgani, ular jami 27 nafar ekani aytilgandi. “TASS” Braziliyaning SportTV telekanaliga tayanib, “Shapekoense” klubining 9 nafar a’zosi Kolumbiya safaridan tushib qolganini ma’lum qildi.
Bunda 9 futbolchining nima sababdan Kolumbiya safaridan qolib ketgani ko‘rsatilmagan, ammo ular nomma-nom sanalgan: Rafael Lima, Nenen, Demerson, Marselo Buk, Andrei, Ioran, Martinuchcho, Moyzes va Nivaldo.
Ma’lumot uchun, “Shapekoense” klubi Kopa Sudamerikano musobaqasining finalida to‘p surish uchun uchib ketayotganida Medelin shahrida halokatga uchragan. Avvalroq 72 nafar yo‘lovchi va 9 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan samolyot halokatidan 5 nafar inson omon qolgani aytilgandi. “TASS” xabarida omon qolganlar soni 10 nafar ekani ko‘rsatilgan.
Izoh (0)