2016-yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari Uilyam Toddni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama aloqalarga oid masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning ba’zi masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuvda AQSh elchisi Pamela Leora Spratlen ishtirok etdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)