Rostselmash O‘zbekistonda o‘z mahsulotlarining yig‘ma ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda, deb yozadi UzDaily.
Rossiya kompaniyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Rostselmash va “Chirchiq qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi” AJ o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolagan.
Tomonlar ushbu hujjat doirasida “Chirchiq qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi” AJ bazasida Rostselmash mahsulotlarini yig‘ma ishlab chiqarishni tashkil etish masalalari bo‘yicha uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish istagini bildirdi.
“Chirchiq qishloq xo‘jalik texnikasi zavodi” AJ bosh direktori Asadulla Saydullayev Rostov-Donga tashrif buyurib, u yerda Rostselmashning agromashinalar va qishloq xo‘jalik jihozlarini ishlab chiqarish quvvati bilan tanishdi.
Tashrif davomida u, shuningdek, kompaniya rahbariyati bilan kelgusi hamkorlik tafsilotlarini muhokama qildi.
Bosh direktor ushbu loyiha O‘zbekistonga mamlakat qishloq xo‘jaligi texnik bazasini modernizatsiya qilish imkonini berishini ta’kidlab o‘tdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)