O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 29-noyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3176 so‘m 16 tiyin etib belgilandi. Bu 22-noyabrdagi kursga nisbatan 18 so‘m 66 tiyinga ko‘p.
2016-yil 29-noyabrdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3450 so‘m 86 tiyin (22-noyabrdagi kursga nisbatan 97 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 460 so‘m 19 tiyin (22-noyabrdagi kursga nisbatan 2 so‘m 32 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 49 so‘m 15 tiyin (22-noyabrdagi kursga nisbatan 65 tiyin qimmat) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)