• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda birinchi marta Prezident saylovini yorituvchi “Press-Club Elections.uz-2016” press-klubi tashkil etiladi

    4-dekabrda joriy yilning asosiy siyosiy voqeasi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Prezidenti saylovini keng yoritish uchun Markaziy saylov komissiyasi qoshida 1300 dan ortiq xorijiy va milliy OAV vakillari akkreditatsiya qilindi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Xorijiy va milliy OAV vakillarining professional faoliyati uchun xalqaro standartlarga mos keladigan qulay infratuzilma va sharoitlar yaratish, interfaol axborot media-maydoni tashkil qilish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonining borishi to‘g‘risida xolis kontentni shakllantirish, xalqaro kuzatuvchi va ekspertlarni, shuningdek, media-hamjamiyat vakillarini respublika erishgan yutuqlar bilan tanishtirish maqsadida nodavlat media-sektorning mustaqil vakillari tomonidan O‘zbekistonda birinchi “Press-Club Elections.uz-2016” (“Saylov.uz-2016” press-klubi) tashkil etish haqidagi fuqarolik tashabbusi ilgari surildi. Buning yuzasidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan “Daryo” muxbirining ma’lum qilishicha, press-klub o‘z multimedia maydonida xorijiy va milliy mediasoha vakillarini birlashtirishi ko‘zda tutilgan. Klub tadbirlari International Hotel Tashkent mehmonxonasining Billur zalida o‘tkaziladi. Ayni paytda bu yerda 2016-yilning 30-noyabrida bo‘lib o‘tadigan klubning tantanali ochilish marosimiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mazkur loyiha ijtimoiy-fuqarolik tashabbusi hisoblanadi. Bu multimedia maydoni O‘zbekiston Elektron OAV Milliy assotsiatsiyasi, Uzbekistan Today axborot agentligi, “Mening Yurtim” telekanali, “Sevimli-tv.uz” internet-telekanali, Uzreport-TV telekanali, “Darakchi inform servis”, “O‘zbekiston kabel televideniyesi”, “Poytaxt”, “Vodiy sadosi” radiostansiyalari va boshqalar tomonidan tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi loyihani texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi.

    “Biz mulk shaklidan qat’iy nazar barcha xorijiy va milliy OAV uchun mutlaqo ochiqmiz. Bu multimedia maydonida ilg‘or texnologiyalar jamlangandi: yuqori tezlikdagi internetga ega bo‘lgan 80 dan ortiq zamonaviy kompyuterlar o‘rnatildi, IT-texnologiya, dizayn va multimedia sohasidagi eng so‘nggi yutuqlardan foydalanildi. Bular natijasida ilg‘or dunyo standartlariga mos keluvchi klub tashkil etishga muvaffaq bo‘lindi. Press-klub Wi-Fi aloqasi bilan ta’minlangan, mamlakatdagi o‘nta hududiy nodavlat telestudiyalar, EOAVMA studiyalari bilan onlayn-bog‘lanish, shuningdek, alohida uzatuvchi telestansiya o‘rnatiladigan Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazi bilan bevosita onlayn aloqa yo‘lga qo‘yildi. Shunday qilib, ko‘plab jurnalistlar press-klubda turib, ta’bir joiz bo‘lsa, O‘zbekiston saylov jarayoni voqealari markazida bo‘ladi”, — deb aytdi press-klub rahbari, EOAVMA boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Press-klubning samarali faoliyat olib borishi uchun parlament a’zolari, partiyalar, vazirliklar va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, xalqaro kuzatuvchilar ishtirokida brifinglar, matbuot anjumanlari va turkum tematik tadbirlar tashkil etishni ko‘zda tutuvchi kundalik dastur-jadval ishlab chiqildi. Klubning ochilish marosimida va keyingi uchrashuvlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi Sodiq Safoyev, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi direktori Akmal Saidovlar ishtirok etadi. Ular press-klub ishiga maslahat yordami ko‘rsatadi.

    Brifinglarda “Mamlakatning siyosiy modernizatsiyasi, Davomi bor”, “Milliy qonunchilikka xalqaro huquqlar me’yorlarini implementatsiya qilish, xalqaro xamkorlik jihatlari”, “Real bellashuv, sog‘lom siyosiy raqobat va elektorat bilan ishlashga yangicha yondashuvlar”, “OAV va saylovlar: Feedback’ni ta’minlash” kabi turli mavzular muhokama qilinadi. Press-klub ishi doirasida taniqli xorijiy kuzatuvchilar va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan intervyular tashkil etish ham rejalashtirilgan. Klub tadbirlariga turkum televizion loyihalar muallifi va prodyusseri, OAV sohasi eksperti Bobur Alixonov, taniqli jurnalist, bloger, siyosatshunos Sherzod Qudratxo‘jayev, “Mening ovozim” va “Moy golos” tok-shoulari boshlovchilari Sevara O‘rinboyeva, Muqaddas Fayozova va Nasiba Faxriddinovalar moderatorlik qiladi.

    Press-klub dasturidan, shuningdek, xalqaro kuzatuvchilar va OAV vakillarini O‘zbekistonning an’anaviy madaniyati va san’ati bilan tanishtirishga qaratilgan madaniy tadbirlar ham o‘rin olgan. Jumladan, Ijtimoiy reklama milliy festivali, Baynalminal Madaniy markaz bilan hamkorlikda “O‘zbekiston umumiy uyimiz” kitobining kengaytirilgan taqdimoti, shuningdek, Respublika “Hunarmand” assotsiatsiyasi bilan birgalikda xalq amaliy san’ati buyumlari ko‘rgazma-yarmarkasi va “Mustaqil O‘zbekiston ustalari” kitob-albomi taqdimotini o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

    “Press-Club Elections.uz-2016”ning rasmiy ochilish marosimi 2016-yil 30-noyabrda bo‘lib o‘tadi.

    28.11.2016, 18:53   Izoh (0)   7211
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 29-noyabr kuni +7 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda

    28.11.2016, 18:40

    Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Zarafshon shahri saylovchilari bilan uchrashdi

    28.11.2016, 16:15

    Markaziy saylov komissiyasi raisi Prezident saylovini yoritish uchun O‘zbekistonga kelgan Rossiya OAV vakillari bilan uchrashdi

    28.11.2016, 16:07

    “Nezavisimaya gazeta”: Saylov kampaniyasining ajralib turuvchi xususiyati sifatida prezidentlikka nomzodlar o‘rtasida real raqobatni ko‘rsatish mumkin

    28.11.2016, 15:06

    Toshkentda 28-noyabrga o‘tar kechasi -11 daraja, G‘allaorolda -21 daraja sovuq bo‘ldi

    28.11.2016, 12:20

    O‘zbekistonda nazorat organlari ishi yangicha baholanadi

    28.11.2016, 11:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda erkak janjal sabab xotinini o‘ldirdi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 20:35

    Rimda zapravkada yuz bergan portlash va yong‘in 40 kishi jabrlandi (foto, video)

    Dunyo | 4 iyul, 20:26

    Farg‘onada Malibu’ning 100 dan ortiq jarimalari bekor qilingani ortidan 5 nafar xodim jazolandi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 20:15

    Chexiyaning bir qator shaharlarida yirik blekaut yuz berdi (foto, video)

    Dunyo | 4 iyul, 20:05

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    Dunyo | 4 iyul, 19:55

    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir

    Reklama | 4 iyul, 18:00

    Karl Lagerfeldning Parijdagi villasi auksionda 5 mln yevroga sotildi

    Layfstayl | 4 iyul, 19:45

    Taxtaqoracha dovonida yirik yong‘in kelib chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 4 iyul, 19:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.