Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xonanda Mashhurbek Instagram’dagi sahifasida 2014-yilgi ijodiy uchrashuvlardan birida xonanda va aktyorlar birgalikda kuylagan qo‘shiq videosini e’lon qildi.

Mashhurbek videoga: “‘O‘ta mazmunli qo‘shiq’ yoxud ‘21’ — Qoraqalpoq milliy ashula va raqs ansambli ijrosida. 2014-yildan esdalik”, — deb tagso‘z qoldirgan. Videodagi barcha san’atkorlar qoraqalpoq milliy liboslarini kiyib olgan.

Videoda Mashhurbekdan tashqari, xonandalar Ruxshona, Samandar Hamroqulov, “Benom” guruhi a’zolari Sarvar va Komil, Otabek Mutalxo‘jayev, aktyorlar Aziz Rametov, Baxtiyor Turg‘unov, aktrisalar Shahzoda Muhamedova, Muqaddas Sa’dullayeva, Zamira Beshimovani ko‘rish mumkin.

Bu videoga foydalanuvchilar turlicha fikr bildirgan. Kimdir xushkayfiyat ulashgani uchun Mashhurbek va boshqa san’atkorlarga minnatdorchilik bildirgan bo‘lsa, boshqalar: “Qo‘shiq deb har baloni aytaverarkansizlar-da”, deb e’tiroz bildirgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi