So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12200.12
    • RUB 125.4
    • EUR 12949.21
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Narimon Umarov saylovoldi tashviqoti doirasidagi oxirgi uchrashuvini Toshkent viloyati saylovchilari bilan o‘tkazdi

    28.11.2016, 19:09 4272

    “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o‘zining respublika hududlari bo‘ylab olib borgan saylovoldi tashviqoti doirasidagi oxirgi uchrashuvini 28-noyabr kuni Toshkent viloyati saylovchilari bilan o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga partiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: “Adolat” SDP

    Foto: “Adolat” SDP

    Viloyat hokimiyati majlislar zalida bevosita onlayn videokonferensiya muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, deputatlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faollari, yoshlar, partiya a’zolari hamda jurnalistlardan iborat jami 4500 nafarga yaqin saylovchi ishtirok etdi.

    Uchrashuvni “Adolat” SDP Toshkent viloyat kengashi raisi R. Talipov olib bordi. Narimon Umarovning ishonchli vakili “Adolat” SDP Parkent tuman kengashi raisi M. Berdiqulova saylovchilarni Prezidentlikka nomzodning tarjimai holi va mehnat faoliyatiga doir ma’lumotlar bilan yaqindan tanishtirdi.

    Foto: “Adolat” SDP

    Foto: “Adolat” SDP

    O‘z ma’ruzasida N.Umarov Toshkent viloyati istiqlol yillarida tubdan yangilanish va yuksalish sari yuz tutib, mamlakatning har jihatdan yirik va salohiyatli subyektlaridan biriga aylanganini e’tirof etdi. Jumladan, nomzod viloyatning iqtisodiy salohiyatini raqamlarda ifodalar ekan, bugungi kunda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotlarining qariyb 15 foizi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 12 foizdan ziyodi, iqtisodiyotga jalb etilayotgan investitsiyalarning taxminan 10 foizi, YaIMning esa 9,7 foizi ayni shu viloyat hissasiga to‘g‘ri kelishini qayd etdi.

    Narimon Umarov saylovchilarni o‘z saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirar ekan, unda ilgari surilgan g‘oyalar “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy-demokratik davlat, ma’naviy va axloqiy yetuk adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish borasidagi dasturiy maqsad va vazifalariga asoslanishini qayd etdi. Dasturda belgilangan vazifalar hayotiyligi, bugungi zamon talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqanligi, hududlardagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘zida aks ettirgani hamda aniq mexanizmlarga asoslangani bilan saylovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

    Foto: “Adolat” SDP

    Foto: “Adolat” SDP

    Jumladan, Narimon Umarov poytaxt viloyati sifatida Toshkent mineral xomashyo manbalariga boyligi, qulay transport-logistika tizimiga va infrastrukturaga egaligi, mehnat resurslarining ko‘pligi hamda ishbilarmonlik muhiti yaratilgani bilan xorijiy investorlar uchun jozibador hudud sanalishiga qaramay, bugungi kunda o‘zlashtirilayotgan xorijiy sarmoyalar hajmi viloyatning iqtisodiy salohiyati uchun yetarli emasligini ta’kidladi. Bu boradagi ishlarni tizimli ravishda rivojlantirish barobarida uning ayrim jihatlariga alohida e’tibor qaratish zarurligini bildirdi.

    Xususan, Prezidentlikka nomzod investitsiya takliflarini chuqur o‘rganish va investorlarning ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, yangi texnika va yuksak texnologiyalarni kiritish, raqobatdosh, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarilishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarini qat’iy nazorat ostiga olish asnosida korxona va muassasalarni bosqichma-bosqich xususiylashtirish siyosatini davom ettirish va bu orqali aralash iqtisodiyot doirasida davlat mulkini himoya qilish, strategik muhim obyektlarni ularning ijtimoiy foydaliligidan kelib chiqib davlat tasarrufida qoldirish prinsipial ahamiyatga ega ekanligiga saylovchilar diqqatini qaratdi.

    Foto: “Adolat” SDP

    Foto: “Adolat” SDP

    Narimon Umarov saylovchilarning savollariga javob qaytarib, fikr va takliflarini bildirgan yig‘ilish ishtirokchilariga minnatdorlik izhor etdi.

    Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati L. Koshelapova, Toshkent viloyati ko‘p tarmoqli markaziy shifoxona bosh shifokori B. Qosimov, xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati K. Hamidova, “To‘ytepa agro maks” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari U. Shoumarov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati kapital qurilish direksiyasi rejalashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Ye. Ablayeva va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yana 15 turdagi ma’lumot va hujjatlarni talab qilish amaliyoti bekor qilinadi

    Bugun, 17:25

    “Dok-1 Maks” ishi: Hindistonlik sudlanuvchining advokati yana uni qamoqdan olib chiqishga urindi

    Bugun, 17:24

    Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo‘shilganidan keyin 186 milliard yevro oladi

    Bugun, 17:15

    O‘zbekistonda sentyabr oyida qariyb 111,5 mlrd so‘mlik elektr va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi

    Bugun, 17:05

    Xanchjou—2022. Abdumalik Halokov xitoylik bokschi ustidan g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi

    Bugun, 16:55

    Aquaterm ko‘rgazmasi boshlandi: AKFA BUILD innovatsion yechimlarni taqdim etdi va tashrif buyuruvchilarda chinakam qiziqish uyg‘otdi

    Bugun, 15:00
    Reklama

    Toshkent viloyatida taksi haydovchisi o‘ldirilib, mashinasi yoqib yuborildi (video)

    Bugun, 16:53

    Norvegiya 2024-yilda mudofaa budjetini 20 foizga oshiradi

    Bugun, 16:50

    Blinken: “G‘arb yetkazib bergan qurollarni qayerda qo‘llashni Ukrainaning o‘zi hal qiladi”

    Bugun, 16:40

    Turli millatga mansub bo‘lsa-da, bir-birini tushungan holda baxtli yashayotgan mashhur juftliklar (foto)

    Bugun, 16:30

    O‘zbekistonda pensiya olayotgan II jahon urushi qatnashchilari haqida maʼlumot berildi

    Bugun, 16:20

    Tavsiya etamiz

    “Dok-1 Maks” ishi: Hindistonlik sudlanuvchining advokati yana uni qamoqdan olib chiqishga urindi

    17:00 / 04.10.2023

    Firibgarlikda ayblanayotgan Tramp, drenajdan chiqqan o‘lik delfinlar, bozordagi ulkan sakkizoyoq — 3-oktyabr suratlari

    23:00 / 03.10.2023

    “Oyiga 80-100 mln so‘mlik dorilar sotilib, o‘zaro taqsimlab kelingan”. “Dok-1 Maks” sudida farmatsevtlarning yana bir kirdikori fosh bo‘ldi

    17:00 / 03.10.2023

    Farg‘onada tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i YTHga uchrab, shifoxonaga yotqizildi

    13:00 / 03.10.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda pensiya olayotgan II jahon urushi qatnashchilari haqida maʼlumot berildi

    16:00 / 04.10.2023

    O‘zbekistondagi banklardan biriga bank operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlandi

    11:00 / 04.10.2023

    Zapravkalarda metan va Ai-92 benzini narxi oshgani aytilmoqda

    20:00 / 01.10.2023

    Markaziy Osiyoga sarmoya kiritish ijobiy natija beradimi? 

    23:00 / 29.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    “To‘y xarajatlari bir million dollarga tushdi”. Liil Xurramov Munisa Rizayevaning turmush o‘rtog‘i soxta emasligi haqida gapirdi

    10:00 / 03.10.2023

    Instagram: Dilshodbek Kattabekov uylandi, Munisa Rizayeva onasining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, ruscha gapirgani uchun tahqirlangan Lola 

    22:00 / 03.10.2023

    Qashqadaryolik xonanda Alijon Isoqov uch ming yillik tarixga ega shaxmatga qo‘shimcha kiritib, yangi o‘yinni shaxmat plus nomi bilan patentladi

    16:00 / 03.10.2023

    Rossiyada urushdan qaytgan “vagnerchi” uyga o‘t qo‘yib, ayollarni yoqib yubordi

    22:00 / 03.10.2023

    Doim muzlab yuradigan qo‘l va oyoqlar qanday kasallik belgisi bo‘lishi mumkin?

    13:00 / 03.10.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.