Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Byurokratiyaga qarshi kurash, boshqaruv apparatini optimallashtirish, BMT institutlari ichidagi koordinatsiyani kuchaytirish va tinchlikparvarlik operatsiyalari sohasida faollashish jahon tashkilotining bo‘lajak ichki islohotlarida birlamchi yo‘nalishlarga aylanishi kerak, deb yozadi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Bu haqda BMTning yangi saylangan bosh kotibi Antoniu Guterrish Pekinda Xitoy ichki ishlar vaziri bilan qo‘shma matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Avvalambor, bu BMT institutlari koordinatsiyasi va mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, ular bitta maqsad yo‘lida ishlayotgani va bir-birining funksiyalarini qaytarmayotganiga ishonch hosil qilish uchun ularni jipslashtirish”, — dedi u.

“Ikkinchi xavotir ko‘p borada tinchlikparvarlik faoliyati bilan bog‘liq. Tinchlikparvar kuchlarimizning tayyorgarligini yanada oshirish va ularni yaxshi jihozlantirish, shuningdek, ularning inson huquqlari ehtiyojlariga to‘liq ko‘lamda reaksiya ko‘rsatish qobiliyatini oshirish kerak”, — deya ta’kidladi Guterrish.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi