Chechenistonning “Kavkaz” trassasida yuz bergan va yetti kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida jabrlangan erkak shifoxonada halok bo‘ldi. Bu haqda jabrlanuvchi yetkazilgan tibbiy muassasa ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Shifoxona vakillarining ma’lum qilishicha, shifoxonaga yetkazilgan erkak halok bo‘lgan. Og‘ir ahvoldagi bola respublika bolalar shifoxonasiga o‘tkazilgan.
Avvalroq yo‘l-transport hodisasi oqibatida yetti kishi, jumladan, o‘n va 14 yoshli ikki qiz halok bo‘lganligi, yana ikki kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilganligi ma’lum qilingan edi.
Respublika rahbari Ramzan Qodirovning so‘zlariga qaraganda yo‘l-transport hodisasiga haydovchining mastligi sabab bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)