AQShning Luiziana shtatidagi Yangi Orlean shahrida ro‘y bergan otishma oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi jarohatlandi. Bu haqda NBC telekanaliga tayangan holda “TASS” xabar bermoqda.
Politsiya vakillarining so‘zlariga qaraganda, otishma tungi soatlarda shaharning fransuz kvartalida sodir bo‘lgan.
Boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum emas.