Suriya shimolidagi ar-Ray aholi yashash punktida ro‘y bergan portlash oqibatida 12 kishi jarohatlandi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Jabrlanganlarning asosiy qismi bolalardir. Hujumni IShID guruhi jangarilari uyushtirgani taxmin qilinmoqda.
Yaradorlar Turkiya hududidagi gospitalga yetkazildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)