2016-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida Janubiy Koreyaning “Chonbuk Motors” klubi g‘olib chiqdi. Finalda BAAning “Al-Ayn” klubi bilan to‘qnash kelgan koreyaliklar har ikki o‘yin natijasiga ko‘ra ustunlik qildi.
Tomonlarning Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan o‘yinida mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchgandi. Amirliklarda bo‘lib o‘tgan javob o‘yinida esa 1:1 hisobi qayd etildi. Qiziq tomoni, o‘yindagi har ikki gol koreyalik futbolchilar tomonidan kiritildi. Ma’lumot uchun, “Al-Ayn” osiyolik legioner limitini aynan koreyalik futbolchi hisobiga to‘ldirgan.
“Chonbuk Motors” 2006-yilgi mavsumda ham bosh sovrinni qo‘lga kiritgandi. “Al-Ayn”ga esa turnir finalida uch bor to‘p surish nasib qilgan bo‘lib, shularning faqatgina 1 tasida bosh sovrin Amirlik klubiga nasib qilgan.
Endilikda Osiyo Chempionlar Ligasida ikki martadan zafar quchgan jamoalar soni 3 tani tashkil qiladi: “Al-Ittihod” (Saudiya), “Guanjou Evergrand” (Xitoy), “Chonbuk Motors” (Janubiy Koreya).
Osiyo Chempionlar Ligasi Final 26-noyabr, shanba
“Al-Ayn” (BAA) — “Chonbuk Motors” (Janubiy Koreya) 1:1
Gollar: Xan Gyo Vun, 30 (0:1). Li Myong Ju, 34 (1:1).Dastlabki o‘yin: 1:2
Izoh (0)