“Barselona” jamoasining braziliyalik hujumchisi Neymar Ispaniya chempionati doirasida “Real Sosyedad”ga qarshi mehmonda kechadigan uchrashuv arafasida avariyaga uchradi. Bu haqda, “Sport.es”ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea 27-noyabr ertalabki soatlarida ro‘y berdi. Futbolchi aeroportga yo‘l olgan edi, u yerdan esa San-Sebastyanga uchib ketishi lozim edi. “Barselona” xodimlari YTH joyiga yetib kelib, Neymar aeroportga yetib borishiga ko‘maklashdi.
Futbolchi jarohat olmagani ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)