Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 13-turida ham “Real” mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Xixonning “Sporting” klubini qabul qilgan Zinedin Zidan jamoasi Krishtianu Ronalduning gollari evaziga muvaffaqiyat qozondi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Shu tariqa Krishtianu yangi mavsumdagi gollari sonini 10 taga yetkazib oldi va “Barselona”dagi raqobatchilari bo‘lgan Messi hamda Suaresdan o‘zib ketdi. Har ikki futbolchi hisobida 8 tadan gol bor. Qayd etish kerak, bugun — 27-noyabr kuni “Barselona” San-Sebastyanda “Real Sosyedad” mehmoni bo‘ladi.

“Real”ga qarshi o‘yinda “Sporting” hujumchisi Duye Chop penaltidan aniq foydalana olmadi. O‘sha 11 metrlik jarima golga aylanganida, “Real” 2 ochko boy berishi mumkin edi.

Mazkur turda, shuningdek, “Sevilya” ham qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi va ochkolar soni bo‘yicha “Barsa”dan o‘zib ketdi.

Ispaniya La Ligasi 15-tur bellashuvlari 25-noyabr, juma

“Eybar” — “Betis” 2:1

Gollar: Pedro Leon, 19 (1:0). Serxi Enrix, 23 (2:0). Ruben Kastro, 84 (2:1). Kike, 90+2 (3:1).Chetlatish: Kristiano Pichchini, 17 (B).

26-noyabr, shanba

“Malaga” — “Deportivo” 4:3

Gollar: Selso Borxes, 3-pen (0:1). Maykl Santos, 21-pen (1:1). Sandro Ramires, 40 (2:1). Maykl Santos, 56 (3:1). Florin Andone, 72 (3:2). Selso Borxes, 81 (3:3). Xavyer Ontiveros, 90+2 (4:3).

“Real Madrid” — “Sporting” 2:1

Gollar: Krishtianu Ronaldu, 5-pen (1:0). Krishtianu Ronaldu, 18 (2:0). Karlos Karmona, 35 (2:1).Noaniq penalti: Duye Chop, 78 (S).

“Espanyol” — “Leganes” 3:0

Gollar: Xerard, 47 (1:0). Pablo Pyatti, 51 (2:0). Pablo Pyatti, 88 (3:0).

“Sevilya” — “Valensiya” 2:1

Gollar: Esekyel Garay, 53-avt (1:0). Munir El-Xaddadi, 65 (1:1). Nikolas Parexa, 75 (2:1).

27-noyabr, yakshanba“Vilyarreal” — “Alaves”“Osasuna” — “Atletiko”“Selta” — “Granada”“Real Sosyedad” — “Barselona”

28-noyabr, dushanba“Las-Palmas” — “Atletik”

Foto: Livescore.in

Foto: Livescore.in

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda bedarak yo‘qolgan bola bir yildan so‘ng topildi 
Mahalliy
O‘zbekistonda Sanoat siyosati tadqiqotlari markazi tashkil etiladi
Biznes
O‘zbekistonda pomidor narxi rekordlarni yangilashda davom etmoqda