AQShning Kaliforniya shtatidagi uchta masjidga tahdid so‘zlari yozilgan anonim maktublar kelib tushdi. Bu haqda, Los Angeles Times nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Huquq himoyachilari ushbu muassasalarni qo‘riqlash uchun politsiya naryadlarini ajratishni so‘ramoqda.
Masjidlardan biri Long-Bich shahrida, ikkitasi San-Xoseda joylashgan. Qo‘l bilan yozilgan, mundarijasi bir xil bo‘lgan maktublarda ta’kidlanishicha, prezident saylovida g‘alaba qozongan Donald Tramp “Amerikani yog‘ tushsa yalaguday qilib tozalaydi”.
“U sizlar — musulmonlardan boshlaydi”, — deb tahdid qilinadi maktublarda.
Anonim maktub muallifining so‘zlariga qaraganda, Gitler davrida yahudiylar ko‘rgan kunlar AQShda musulmonlar boshiga tushadi.
Izoh (0)