Janubiy Koreya KXDR dronlarini elektromagnit impulslari yordamida ishdan chiqaradigan qurol ishlab chiqmoqda. Bu haqda 27-noyabr kuni “Ryonxap” agentligi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Janubiy Koreya mudofaani rivojlantirish agentligi (ADD) harbiylar qo‘lida mavjud elektromagnit impulslari generatoridan foydalanish yo‘llarini qidirmoqda. Ushbu generator kichik dronlarga qarshi kurashga mo‘ljallangan. Yadroviy zaryad ishlab ketganida elektromagnit impulslari ajralib, ular elektromagnit maydonlarini buzib yuboradi hamda ko‘pchilik elektr uskunalarni, shu jumladan, dronlarni ishdan chiqaradi.
Shuningdek, ADD milliy mudofaa sanoati vakillari bilan birgalikda GPS signalini o‘chirish texnologiyalari ustida ishlashni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, dronlarni zararsizlantirish uchun kichik raketalar yaratiladi.
Izoh (0)