Italiyadagi kuchli yomg‘irlar oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Genuya provinsiyasi yaqinida va unga qo‘shni Pyemontda istiqomat qiluvchi ikki keksa erkak yog‘ingarchilik qurboniga aylandi.
Italiya janubidagi Sitsiliya va Agrijentoning ikki nafar fuqarosi bedarak yo‘qolgan.
Yomg‘irlar oqibatida eng ko‘p jabrlangan tumanlarda yuzlab aholi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Maktablar, tashkilotlar yopilgan, yo‘llar bekitib qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, Italiyadagi kuchli va davomli yomg‘irlar bir qator daryolar suv sathidan oshishiga sabab bo‘ldi. Eng ko‘p jabrlangan hududlardan biri Pyemontdir.
Izoh (0)