Isroil harbiy-havo kuchlari Golan tepaliklarining janubiy qismida, Suriya bilan chegarada askarlarga qarata o‘t ochgan jangarilar guruhini yo‘q qildi. Jami to‘rt jangari o‘ldirildi. Bu haqda Isroil mudofaa armiyasi matbuot xizmati maxsus kommyunike chiqardi, deb xabar beradi “TASS”.
“Jangarilar Golan tepaliklarining janubiy qismida o‘t ochib, granatomyotlardan Isroil mudofaa armiyasi bo‘linmasini o‘qqa tutdi, armiya hujumga javob berdi va tahlikani bartaraf etdi”, — deyiladi hujjatda.
Haaretz gazetasiga ko‘ra, hujumni “Shuhado al-Yarmuq” guruhi amalga oshirgan. Ushbu guruh IShID bilan hamkorlik qiladi.
Hujumda isroillik harbiylardan hech biriga ziyon yetmadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)