Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi “Fukusima-1” AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etish va jabrlanganlarga tovon puli to‘lash uchun ketadigan xarajatlarni 20 trillion iyenadan (180 milliard dollar) ortiqqa baholamoqda. Bu haqda 27-noyabr, yakshanba kuni Nikkey gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Fojia oqibatida jabrlanganlar, jumladan, zararlangan hududlarni tark etishga majbur bo‘lgan tadbirkorlar, sayyohlik kompaniyalariga to‘lanadigan tovon pulining umumiy qiymati 8 trillion iyenaga (72 milliard dollar) yetadi. Ushbu summaga fojiadan so‘ng to‘lab berilgan mablag‘lar ham kiradi.
Qolgan pullarni AESdagi avariya oqibatlarini bartaraf etishga sarflash rejalashtirilmoqda. Xarajatlarning bir qismini “Fukusima-1” AESning operatori — Tokyo Electric Power energetika kompaniyasi qoplab berishga majbur. Buning uchun unga 9 trillion iyena (81 milliard dollar) miqdoridagi foizsiz kredit ajratilishi mumkin.
Izoh (0)