Donald Tramp bir yarim asr ichida uy hayvoniga ega bo‘lmagan birinchi prezident bo‘lishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri tashvishlanmoqda, deb yozadi “Interfaks”.
Nashr mamlakatni 1945–53-yillarda boshqargan Garri Trumenning “Vashingtonda do‘st orttirmoqchi bo‘lsang, uy hayvoni boqib ol”, degan so‘zlarini keltirib o‘tadi.
Uy hayvoniga ega bo‘lmagan oxirgi prezident mamlakatni XIX asrning o‘rtalarida boshqargan Endryu Jekson edi. Qolgan davlat rahbarlarining barchasi Oq Uyda turli hayvonlar, mushuk va it, hatto ayiq, yo‘lbars va pakana begemot ham saqlagan. Avraam Linkolnning sevimli cho‘chqasi va Jek laqabli o‘rdagi, Teodor Ruzveltning esa Iosiya laqabli bo‘rsig‘i bo‘lgan.
Uy hayvonlari prezidentning imijini yumshatishga yordam beradi va ko‘pincha fotosessiyalarda birga suratga tushadi.
Daily Mail Trampning uy hayvoniga ega bo‘lmasligi uning reytingiga salbiy ta’sir qilishi mumkin deb hisoblamoqda.
Izoh (0)