26-noyabr kuni Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan professional boks kechasi tashkil etiladi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Oqshomdan bir necha janglar o‘rin olgan bo‘lib, unda, o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalaridan tashqari, Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya, Turkmanistondan bokschilar ringga ko‘tariladi.
Boks kechasidan jami yettita jang o‘rin olgan bo‘lib, ulardan ikkitasi chempionlik kamari uchun kechadi. O‘n raundga mo‘ljallangan janglarning birida Mansur Abdumamatov va Jamshid Najmiddinov o‘zaro ringga chiqadi.
Ikkinchi chempionlik jangida yana bir o‘zbekistonlik sportchi, qarshilik Feruz Yo‘ldoshev gruziyalik bokschi bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Ikkala jang ham Osiyo chempionlik kamari uchun kechadi.
Izoh (0)