Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda, Kreml matbuot xizmatiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, muloqot chog‘ida ikki davlat rahbari Suriyadagi vaziyat yuzasidan fikr almashgan.
Oxirgi ikki kun ichida Putin va Erdo‘g‘on ikkinchi marta telefon orqali muloqot qilishi. 25-noyabr kuni ular Suriyadagi vaziyatni o‘nglash va terrorga qarshi kurash masalalarini ko‘rib chiqqan edi.