2017-yil boshida Amudaryo orqali avtomobil va temir yo‘l ko‘priklari o‘tkazilib, ular O‘zbekiston va Turkmaniston transport magistrallarini o‘zaro bog‘laydi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Ashxobodda BMT shafeligida o‘tayotgan barqaror transport bo‘yicha birinchi global konferensiya chog‘ida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bu borada bayonot berdi.
Turkmaniston rahbarining ta’kidlashicha, yangi ko‘priklar mintaqadagi eng yirik shu turdagi inshootlar bo‘lib, ikki tomonlama transport oqimi harakatini sezilarli darajada tezlashtiradi.
Izoh (0)