Iroqdagi Mosul shahrida qamal ostida turgan IShID guruhi terrorchilari 26-noyabr kuni hukumat qo‘shinlari egallagan mahallalarni minomyotdan o‘qqa tutdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Hujum oqibatida tinch aholi vakillaridan 16 kishi halok bo‘ldi.
Ayni paytda tinch aholi urush harakatlari davom etayotgan zonani tark etishga urinmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)