Braziliyaning 18 ta hududida 25-noyabr, juma kuni davlat xarajatlarini cheklash tashabbusiga qarshi bo‘lganlarning namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Butun mamlakat bo‘ylab namoyishlarda bir necha ming kishi ishtirok etdi. Bu haqda Globo telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Kasaba uyushmalari va jamoatchilik tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan namoyishlar Janubiy Amerikadagi respublikaning aksariyat shtatlarida tinch o‘tdi.
Braziliya janubida joylashgan Portu-Alegri shahridagi norozilik namoyishlari bundan istisno bo‘ldi. U yerda namoyish ishtirokchilari va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Telekanalning ma’lum qilishicha, bir necha niqobdagi namoyishchilar tartib qo‘riqchilariga “Molotov kokteyl”larini uloqtirgan. Politsiyachilar, o‘z navbatida, namoyishchilarga qarshi ko‘zni yoshlatuvchi gazni qo‘llagan.
Oktabr oxirida Braziliya parlamentining quyi palatasi mamlakat prezidenti Mishel Temer tomonidan taklif etilgan davlat xarajatlarini cheklash haqidagi konstitutsiyaviy o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatlagan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)