AQSh Misr xavfsizligini qo‘llab-quvvatlaydi va terrorizmga qarshi kurashish maqsadida hamkorlikni davom ettiradi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmatining rahbari Jon Kirbining yozma bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
Bayonot 25-noyabr, juma kuni IShID terrorchilik guruhining jangarilari Misr Qurolli kuchlarining Sinay yarim orolidagi nazorat-o‘tkazish punktidagi hujumi munosabati bilan tarqatilgan.
Kirbining so‘zlariga qaraganda, AQSh javobgarlikni IShID zimmasiga olgan mazkur hujumni qoralaydi. AQSh tashqi siyosat boshqarmasining rasmiy vakili terakt oqibatida halok bo‘lgan Misr harbiy xizmatchilarining qarindosh va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, ekstremistlarning Sinay shimolidagi nazorat-o‘tkazish punktiga hujumi oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning soni 11 nafarga yetgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)