Rossiyaning Rostov shahri aeroportida shu yilning mart oyida halokatga uchragan, Fly Dubai aviakompaniyasiga tegishli Boeing layneri ekipaji ikkinchi aylanishda makon mo‘ljalini yo‘qotgani bois halokat yuz berdi. Bu haqda tergovga yaqin manbalarga tayangan holda “RBK” xabar bermoqda.
“Bo‘lib o‘tgan voqeani, shuningdek, havo kemasining tavsifi va ahvolini o‘rganib chiqilib, samolyot komandiri ikkinchi aylanishni boshlagan chog‘da havo kemasining holatini to‘g‘ri baholay olmagani aniqlandi”, — dedi agentlik manbasi.
Ta’kidlanishicha, ekipaj komandiri samolyot ko‘tarilish chog‘ida xavfli burchakda turib qoldi deb o‘ylab, aviaufqning joylashuviga qaramasdan noto‘g‘ri xatti-harakatlar qilgan.
Aytilishicha, bunday muammo kechki soatlarda, shuningdek, ko‘rish qiyinlashadigan vaziyatlarda ko‘pgina komandirlar va uchuvchilar bilan yuz beradi.
Izoh (0)