Fransiya prezidenti Fransua Olland italiyalik taniqli aktrisa Monika Belluchchini Faxriy legion ordeni bilan taqdirladi. Tantanali marosim Yelisey saroyida bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.
“Faxriy legion ordeni kavaleri bo‘lish g‘ururini tuyganimdan mamnunman”, — deb yozdi aktrisa Instagram’dagi sahifasida.
Faxriy legion ordeni 1802-yilda Fransiya Respublikasining Birinchi konsuli Napoleon Bonapart tomonidan ta’sis etilgan. Uning taqdim etilishi Fransiyada davlat tomonidan alohida xizmatlarning e’tirofi sifatida baholanadi.
Izoh (0)